20 Oktyabr 2021 yil
614
“Jentra” urib yuborgan piyoda shifoxona vafot etdi
2021 yil 13 oktyabr' kuni soat 18:30 larda, To‘raqo‘rg‘on-Mirishkor yo‘lining 5 km.da, To‘raqo‘rg‘on tumani Bekobod MFY hududida, Namangan shahar Davlatobod tumanida yashovchi, 2003 yilda tug‘ilgan fuqaro o‘ziga biriktirilgan Jentra rusumli avtomashinasini boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, yo‘lni kesib o‘tayotgan piyoda, To‘raqo‘rg‘on tumanida yashagan, 1975 yilda tug‘ilgan ayolni urib yuborgan.
Natijada, piyoda olgan tan jarohati oqibatida shifoxonada vafot etgan.
Ushbu holat bo‘yicha To‘raqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 13 oktyabr' kuni O‘z.R JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati