18 Dekabr 2021 yil
392
Jaxlni bosa olmagan shaxs pichoq bilan ayolni jarohatladi
Shu yil 17 sentyabr' kuni soat 20:50 larda, Mingbuloq tumanida yashovchi, shu yil 9 avgust kuni O‘z.R JKning 277-moddasi 3-qismi bilan sudlangan, 1995 yilda tug‘ilgan fuqaro Mingbuloq tumani hududida joylashgan oshxonada, tanishi shu oshxona ishchisi, Mingbuloq tumanida yashovchi, 1994 yilda tug‘ilgan ayolni “Nega men bilan birga yashamaysan”-deb, yonida bo‘lgan osh pichoq bilan ko‘krak orqa devori va chap quloq orqa qismiga bir marotabadan urib, tan jarohati yetkazgan.
Ushbu holat bo‘yicha Mingbuloq tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 17 sentyabr' kuni O‘z.R JKning 104-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati