8 Noyabr 2021 yil 352

Jaxl bilan boshlangan janjal jinoyat bilan yakun topdi.

Shu yil 8 noyabr' kuni soat 19:30 larda, Chust tumanida yashovchi, 1999 yilda tug‘ilgan U.P. Chust tumani hududida qarindoshi, Chust tumanida yashovchi, 1989 yilda tug‘ilgan O.N. bilan o‘zaro janjallashib, “Nega akamni urding”-deb, yonida bo‘lgan chalabzar pichoq bilan qorin sohasiga bir marotaba urgan.

Natijada, O.N. qorin old devori qorin bo‘shlig‘iga kirib boruvchi o‘tkir predmetdan kesilgan sanchilgan jarohati, katta chavri kesilgan sanchilgan jarohati, gemoperitoneum, o‘ng tepa sohasi ezilgan kesilgan jarohati alkogol' mastlik holati bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Ushbu holat bo‘yicha Chust tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 8 noyabr' kuni O‘z.R JKning 104-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, U.P. O‘z.R JKning 221-moddasi tartibida ushlangan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech