11 Fevral 2022 yil 465

Javon ustidagi tilla buyum o‘g‘irlandi

2022 yil 8 fevral kuni, Chust tumanida yashovchi, 1979 yilda tug‘ilgan ayol ariza bilan murojaat qilib, shu kuni soat 11:30 larda yashash uyida hech kim yo‘qligidan foydalangan noma'lum shaxs, yashash hovlisiga devor oshib kirib, xonadonida bo‘lgan javon ustidagi narxi 1.000.000 so‘mlik tilla uzugini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Mazkur holat bo‘yicha Chust tuman IIB huzuridagi TB surishtiruvchisi va JQB boshlig‘i tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Chust tumanida yashovchi, 1995 yilda tug‘ilgan fuqaro ekanligi aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha Chust tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2022 yil 9 fevral kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech