11 Yanvar 2021 yil
473
Janjalkashlardan biri jarohat bilan shifoxonaga yotqizildi.
Joriy yil 6 yanvar' kuni Namangan shahrida yashovchi, 1975 yilda tug‘ilgan fuqaro olgan tan jarohatlari bilan shifoxonaga murojaat qilgan.
Mazkur holat yuzasidan olib borilgan tergovga qadar tekshiruv davomida, ushbu fuqaro shu yil 5 yanvar' kuni soat 14:20 larda, Namangan shahrida joylashgan MJChga qarashli savdo do‘koniga kirish eshigi oldida, tanishi bilan o‘zaro janjallashgan. tanishining zinadan pastga itarib yuborishi natijasida fuqaro beton yo‘lakka yiqilib, tan jarohati olganligi aniqlangan.
Ushbu holat yuzasidan Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan kuni O‘z.R JKning 104-moddasi 1 qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati