14 May 2021 yil 586

Janjal pichoqbozlik bilan yakuniga yetdi.

2021 yil 12 may kuni soat 19:00 larda, Namangan shahar Davlatobod tumanida yashovchi, 2001 yilda tug‘ilgan fuqaro Namangan shahar ko‘chasida, Namangan shahrida yashovchi, 1999 yilda tug‘ilgan fuqaro bilan o‘zaro janjallashib, qo‘lida bo‘lgan osh pichoq bilan chap orqa kurak va chap qo‘l bilak sohasiga urib, tan jarohati yetkazgan.

Natijada, 1999 yilda tug‘ilgan fuqaro chap ko‘krak qafasi va chap bilak sohasida kesilgan jarohat tashxisi bilan RShTYoIM Namangan filialiga yotqizilgan.

Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 13 may kuni O‘z.R JKning 104-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech