7 Noyabr 2020 yil 645

Janjal og‘ir tan jarohati bilan yakun topdi.

Shu yil 24 oktyabr' kuni soat 17:00 larda, Mingbuloq tumanida yashovchi 1983 yilda tug‘ilgan fuqaro tumanda joylashgan “Barakali Orol” fermer xo‘jaligi dala maydonida tanishi bilan o‘zaro janjallashib, yog‘och bo‘lagi bilan tanishining bosh qismiga va qo‘l oyoqlari bilan badanini turli joylariga urib, tan jarohati yetkazgan.

Sud tibbiy ekspertizasining xulosasida jabrlanuvchi bosh miya og‘ir darajada lat yeyishi, bosh chap tepa chakka suyagining botib sinishi jarohati bo‘lib, hayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir tan jarohati turiga kirishligi ko‘rsatilgan.

Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 4 noyabr' kuni O‘z.R JKning 104-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech