9 Dekabr 2021 yil
392
Janjal jarohat bilan yakun topdi
2021 yil 6 dekabr' kuni soat 15:30 larda, Namangan shahrida yashovchi, 1992 yilda tug‘ilgan fuqaro Namangan shahar hududida joylashgan “Chorsu” mexmonxonasi oldida, Namangan shahrida yashovchi, 1994 yilda tug‘ilgan fuqaro bilan o‘zaro janjallashib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, qo‘li bilan urib, tan jarohati yetkazgan.
Natijada, 1994 yilda tug‘ilgan fuqaro bosh miya yopiq shikasti, bosh miya lat yeyishi tashxisi bilan tan jarohati olib, shifoxonaga yotqazilgan.
Ushbu xolat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 6 dekabr' kuni O‘z.R JKning 277-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati