30 Mart 2022 yil 538

Yangi Namangan tumani 3-sektor aholisini ish bilan taʼminlash maqsadida mehnat yarmarkasi o‘tkazildi.

Yarmarka davomida Namangan shahridagi yirik ishlab chiqarish tashkilotlari vakillari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlar hamda bo‘sh ish o‘rinlariga ega bo‘lgan davlat tashkilotlari ishtirok etdi. mehnat migrantlari va doimiy ish joyiga ega bo‘lmagan aholi va ish beruvchilar o‘rtasida ko‘prik vazifasini o‘tagan yarmarkada sektor rahbarlari xam qatnashishdi. Shuningdek boshqa ijtimoiy masalalarni ham qamrab olgan tadbir davomida imkoniyati cheklangan fuqarolarga maxsus nogironlik aravachalari taqdim etildi. Fuqarolarning murojaatlari o‘rganilib "Temir daftar" "Ayollar daftariga" kiritilgan oilalarga zaruriy anjomlar topshirildi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech