Yangi lavozimga kirishayotgan xodimlar ishtirokida xizmat intizomi va qonunchilikka rioya qilishlari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi
Mamlakatimizda so‘ngi yillarda barcha sohalarda tub islohotlar amalga oshirilib, «Inson qadri uchun» degan ezgu g‘oya davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishi bo‘lib qolmoqda. Shunday jarayonda Ichki ishlar organlari xodimlarini aholining ishonchli himoyachisi sifatida xalqchil professional tuzilmaga aylantirish, ularning fuqarolar, jamoat tashkilotlari hamda keng jamoatchilik bilan yaqin hamkorlikda, o‘zaro ishonch va hamjihatlik ruhida ishlashini taʼminlash, mahallalar, aholi turar joylari va butun yurtimizda qonun ustuvorligi, tinchlik-osoyishtalikni yana-da mustahkamlash muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Bugungi kunda ichki ishlar organlarini yuksak malakali kadrlar bilan taʼminlashda Ichki ishlar vazirligi Akademiyasini o‘rni beqiyos.
Joriy yilda ham 39 nafar kursantlar vazirlik Akademiyasini tamomlab, viloyat ichki ishlar organlariga yuborilgan.
Ushbu xodimlarni lavozimga kirishishlaridan avval boshqarma Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati hamda Shaxsiy xavfsizlik boshqarmasi masʼul xodimlari ishtirokida xizmat intizomi va qonunchilikka rioya qilishlari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda, xizmat vazifalariga halol, vijdonan, Vatan va xalq oldidagi burchini chin dildan his etgan holda, yuksak masʼuliyat bilan yondashish, jamiyatda umum eʼtirof etilgan odob-axloq normalariga so‘zsiz amal qilishlari taʼkidlanib, Ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyat va xizmat intizomi kodeksi talablari yetkazildi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati