22 Aprel 2023 yil 413

Yana bir firibgarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

2023 yil 11 aprel kuni Mingbuloq tumani «Qorashahar» MFYda yashovchi, 1958 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu yil 8 mart kuni Pop tumani "Yangi To‘da" MFYda yashovchi, 1996 yilda tug‘ilgan shaxs uning ishonchiga kirib, 3 bosh mollarini 11.700.000 so‘mga sotib olishga kelishib, mollarini olib ketib, shu kunga qadar pullarini bermaganligini maʼlum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Bundan tashqari, ushbu shaxs shu yil mart oyida Mingbuloq tumani «Qorashahar» MFYda yashovchi, 1991 yilda tug‘ilgan fuqarodan 1 bosh molini 6.100.000 so‘mga va yana ikki mahalladoshlaridan ham 1 bosh molni 5.800.000 hamda 6.000.000. so‘mga sotib olib,pullarini bermaganligi aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan JKning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech