Jamoat xavfsizligi boshqarmasi xodimlari tomonidan pirotexnika vositalarining aylanmasiga chek qo‘yilmoqda
Joriy yilning 8 dekabr' kuni viloyat IIB PPXvaJTSB PPXB 3-otryadi bo‘linma komandiri safdor M.Azimov tomonidan Namangan shahar Marg‘ilon ko‘chasida soat 14:00larda, To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi 2003 yilda tug‘ilgan yigitning yoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda 600 dona “Treniya” nomli pirotexnika vositalari borligi aniqlanib, xolislar ishtirokida dalolatnoma asosida olinib, qonuniy chora ko‘rishlik uchun Namangan shahar IIO FMB profilaktika inspektoriga topshirildi.
Shu yil 11 dekabr' kuni viloyat IIB PPXvaJTSB PPXB 3-otryadi bo‘linma komandiri safdor M.Azimov, 1-otryad safdor A.Xusanov, 2-otryad B.Qosiov va 4-otryad M.Azizovlar tomonidan Namangan shahar N.Nomongoniy ko‘chasi, Xotira maydori oldida soat 13:40larda, shubxali harakatlangan 2007 yil tug‘ilgan bola bilan suhbat olib borilganida yashash uyida 400 quti jami 24 000 dona “Treniya” nomli pirotexnika vositalari borligi aniqlanib, xolislar ishtirokida dalolatnoma asosida olinib, qonuniy chora ko‘rishlik uchun Namangan shahar IIO FMB Yangi Namangan tumani IIB profilaktika inspektoriga topshirildi.
Shu kuni viloyat IIB PPXvaJTSB PPXB 4-otryadi bo‘linma komandiri kichik serjant Sh.Dadaboev va haydovchi-xodim safdor J.Sobitovlar tomonidan Namangan shahar Davlatobod tumani 5a-kichik tuman xududida joylashgan “Asil” nomli savdo do‘koni oldida soat 13:00larda xizmat olib borayotgan vaqtlarida Kosonsoy tumanida yashovchi 2001 yilda tug‘ilgan fuqaroning yoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda yonida 666 dona “Treniya” nomli pirotexnika vositalari borligi aniqlanib, xolislar ishtirokida dalolatnoma asosida olinib, qonuniy chora ko‘rishlik uchun Namangan shahar IIO FMB Davlatobod tumani IIB profilaktika inspektoriga topshirildi.
Ayni shu kuni viloyat IIB PPXvaJTSB PPXB 3-otryadi bo‘linma komandiri safdor S.Komilov va S.Kamoliddinovlar tomonidan Yangiqo‘rg‘on tumani hududida soat 18:00larda 2004 yilda tug‘ilgan bolaning yoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda 1200 dona “Treniya” nomli pirotexnika vositalari borligi aniqlanib, xolislar ishtirokida dalolatnoma asosida olinib, fuqarolarga nisbatan qonuniy chora ko‘rishlik uchun Yangiqo‘rg‘on tumani 1-sonli IIB profilaktika inspektoriga topshirildi.
12 dekabr' kuni viloyat IIB PPXvaJTSB PPXB 3-otryadi safdor xodimlari I.Jo‘raev, I.Abdurasulov hamda X.Gapparovlar tomonidan Namangan shahar Navoiy ko‘chasida joylashgan adiblar xiyobonida soat 19:20larda, shubxali harakatlar sodir etgan Chortoq tumanida yashovchi 2004 yilda tug‘ilgan yigitning sumkasi xolislar ishtirokida tekshirilganda jami 400 000 so‘mlik 40 quti 2400 dona “Britanik” nomli pirotexnika vositalari borligi aniqlanib, xolislar ishtirokida dalolatnoma asosida olinib, qonuniy chora ko‘rishlik uchun MG xodimlariga topshirildi.
13 dekabr' kuni viloyat IIB PPXvaJTSB PPXB 4-otryadi haydovchi-xodimi safdor X.Shokirov tomonidan Namangan shahar Navoiy ko‘chasida soat 22:20larda shubhali harakat sodir etgan 2002 yilda tug‘ilgan fuqaroning yoni xolislar ishtirokida tekshirilganda unda 2 quti 120 dona “Treniya” nomli pirotexnika vositalari borligi aniqlanib, xolislar ishtirokida dalolatnoma asosida olinib, qonuniy chora ko‘rishlik uchun Namangan shahar IIO FMB 1-sonli IIB profilaktika inspektoriga topshirildi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati