11 Sentyabr 2020 yil 603

Jamoat tartibini mensimaganlarga jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

2020 yil 31 avgust kuni soat 17:30 larda, Namangan shahrida yashovchi, 2000 yilda tug‘ilgan fuqaro va Namangan shahrida yashovchi, 1989 yilda tug‘ilgan hamda amakivachchasi, Namangan shahrida yashovchi, 1995 yilda tug‘ilgan fuqarolar Guliston MFY Mashrab ko‘chasida, Namangan shahrida yashovchi, 1985 yilda tug‘ilgan va birga yashovchi ukasi, 1986 yilda tug‘ilgan fuqarolar bilan o‘zaro janjallashib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, bir-birlarini urib, tan jarohati yetkazganlar.

Ushbu holat bo‘yicha shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 10 sentyabr' kuni O‘zbekiston Respublikasi JKning 277-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech