2 May 2025 yil 579

“Qizil” toifadagi mahallalarda sodir etilgan jinoyatlarning kelib chiqish sabablari o‘rganilmoqda

Bugun viloyat Ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati boshchiligidagi ishchi guruh Chortoq tumanining “O‘rikzor”, Yangiqo‘rg‘on tumanining "Qorapolvon" va "Soy bo‘yi" mahallalarida bo‘lib, ushbu mahallalarda sodir etilgan jinoyatlarning kelib chiqish sabablari hamda kriminogen vaziyati atroflicha muhokama qilindi.

O‘rganishlar davomida, mahalla yettiligi va hududga biriktirilgan masʼul xodimlarning o‘zaro hamkorligi to‘g‘ri tashkil etilmaganligi, aholi muammolari o‘rganilmaganligi, shu bilan birga, xonadonlarni qo‘riqlovga olish hamda kuzatuv kameralarini o‘rnatish ishlari yetarli darajada olib borilmaganligi keskin tanqid qilindi.

Shuningdek, mahallalarda xavfsiz muhitni shakllantirish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarga chek qo‘yish, aholi bilan doimiy muloqotda bo‘lib, ularning muammolarini o‘rganib borish hamda boshqa ustuvor vazifalar yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.

Namangan viloyati IIB Axborort xizmati

Text to speech