30 Mart 2022 yil 433

Ijaraga olingan buyumlar egasining ruxsatisiz sotib yuborildi.

2022 yil 29 mart kuni Namangan shahar Davlatobod tumani Yuqori G‘irvon MFY Yandama ko‘chasida yashovchi, xususiy tadbirkor, ariza bilan murojaat qilgan. 2021 yil noyabr oyida, Namangan shahar Davlatobod tumani Yuqori G‘irvon MFY G‘irvon ko‘chasida yashovchi, 1993 yilda tug‘ilgan shaxs unga tegishli bo‘lgan 5.000 AQSH dollarlik 18 dona “Samsung” rusumli kompyuterlarini hamda ushbu kompyuter vositalarini o‘rnatish uchun mo‘ljallangan stol-stullarni ijara asosida olganligini, ushbu va uning roziligisiz sotib, pullarini o‘zlashtirganligini maʼlum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Ushbu holat bo‘yicha shahar IIO FMB TB tomonidan O‘z.R JKning 167-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.Hurmatli fuqarolar o‘z mol-mulkingizni ijaraga berayotgan vaqtingizda albatta notarial tartibda rasmiylashtirib olishingizni so‘raymiz.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati.

Text to speech