22 Aprel 2023 yil
424
Ijaraga olingan avtomashina sotib yuborildi.
2023 yil 9 aprel kuni Namangan shahar Davlatobod tumanida yashovchi, ayol ariza bilan murojaat qilib, 2021 yilning mart oyida Namangan shahar Yangi Namangan tumanida yashovchi tanishi uni ishonchiga kirib, «Nexia» rusumli avtomashinasini oylik kredit to‘lovlarini to‘lab berishsharti bilan ijara asosida olib, kredit to‘lovlarini to‘lamasdan,avtomashinani boshqa shaxsga sotib yuborganligini maʼlum qilib, chorako‘rishni so‘ragan.Mazkur holat yuzasidan Davlatobod tumani IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati