Ixtisoslashtirilgan o‘quv mashg‘ulotlarining 5-yig‘ini boshlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 4 dekabrdagi PF-5408-son Farmoyishi hamda Sharqiy Harbiy Okrug, Milliy Gvardiya boshqarmasi hamda viloyat Ichki ishlar boshqarmasining 2022 yil 25 fevral kungi qo‘shma qaroriga muvofiq, viloyat Mudofaa ishlari boshqarmasi huzuridagi “Chaqiriluvchilarni harbiy texnika mutaxassisliklari bo‘yicha tayyorlash markazi”da Namangan viloyati ichki ishlar organlari xodimlarini kasbiy tayyorgarligini oshirish maqsadida tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan o‘quv mashg‘ulotlarining 5-yig‘ini boshlandi.
O‘quv yig‘iniga hududiy bo‘linmalardan 50 nafar profilaktika inspektorlari xizmatdan ajralgan holda jalb etilib, ular tomonidan belgilangan kun tartibi, ichki tartib intizom hamda qonunchilik va xizmat intizomiga rioya etishlari nazoratga olingan.
Mashg‘ulotlarga Mudofaa vazirligiga qarashli harbiy qism, Milliy Gvardiya hamda viloyat IIBning malakali xodimlari jalb etilib, xodimlarning kasbiy, jangovar va jismoniy tayyorgarliklari oshirib borilmoqda.
Kun tartibiga asosan, har kuni soat 16:00dan boshlab, o‘quv yig‘iniga jalb etilgan xodimlar Namangan shahar IIB ixtiyoriga topshirilib, kriminogen vaziyat og‘ir hududlarga jamoat tartibini saqlash uchun xizmatga jalb etilmoqda.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati