24 Mart 2021 yil
751
ISUZU urib yuborgan piyoda shifoxonada vafot etdi.
Joriy yil 21 mart kuni soat 23:40 larda, Pungon-Namangan yo‘lining 66 km.da, ISUZU rusumli yuk avtomashinani ishonch qog‘ozi bilan boshqarib ketayotgan haydovchi, harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan.
Natijada, piyoda og‘ir tan jarohati olib, shifoxonada ko‘rsatilgan tez tibbiy yordamga qaramay, vafot etgan.
Ushbu holat bo‘yicha To‘raqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 22 mart kuni o‘z.R JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati