Iste'molga yaroqsiz go‘sht yo‘q qilindi.
Namangan viloyati IIB JXX JTSB Karantin tadbirlarini ta'minlash bo‘limi va aloqador idora mas'ullari tomonidan shahardagi “Chorsu” dehqon bozori hududida kelib chiqishi noma'lum bo‘lgan go‘sht mahsulotlari sotilishini oldini olish maqsadida reyd tadbirlari o‘tkazildi.
Reyd davomida To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi 1974 yilda tug‘ilgan fuqaroning avtomashinasida hech qanday xujjatga ega bo‘lmagan, veterinariya ko‘rigidan o‘tmagan go‘sht maxsulotlari borligi aniqlandi.
Viloyat Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish labaratoriyasi tomonidan ushbu mahsulotning sifati tekshirilganda unda me'yordan ortiq mikraflora mavjudligi ma'lum bo‘ldi.
Inson salomatligiga jiddiy zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan sifatsiz va yaroqsiz 70 kilogrammdan iborat go‘sht hamda yog‘ mahsulotlari Namangan viloyati IIB va mas'ul idora vakillari tomonidan yo‘q qilindi.
Bozorlarda sifatsiz va iste'molga yaroqsiz mahsulotlarni savdosiga chek qo‘yish, aholi orasida oziq-ovqat mahsulotlaridan zaharlanish holatlarini oldini olish maqsadida viloyatning barcha hududlarida reyd tadbirlari davom ettirilmoqda.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati