1 Oktyabr 2021 yil 381

Iste'fodagi faxriylar xonadoniga bayram tashrifi.

Namangan viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi rahbariyati ustoz va murabbiylar bayrami munosabati bilan ichki ishlar organlari tergov tizimlarida uzoq yillar samarali xizmat qilib, mamlakatimizda yosh avlodning intellektual va ma'naviy salohiyatini yuksaltirish, ularni ona Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash ishlarida o‘z hissalarini qo‘shgan, hozirda nafaqada bo‘lgan faxriylar iste'fodagi polkovnik O.Dolimov, podpolkovnik I.Buranbekov, N.Xamdamov, G.Maxmudov, mayor S.Axmedovlarning xonadonlariga tashrif buyurishib, bayram bilan qutlashdi.

Faxriylar e'zoz va ehtirom uchun vazirlik va boshqarma rahbariyatiga o‘z minnatdorchiliklarini bildirdilar.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech