9 Aprel 2021 yil 399

Issiqxonaga o‘g‘irlikka tushganlarning shaxsi aniqlandi.

Joriy yil 31 mart kuni Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1982 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu kunga o‘tar kechasi noma'lum shaxs issiqxona omborxonasidan umumiy narxi 10.964.150 so‘mlik o‘simliklarni ximoya qilish vositalarini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Tuman IIB JQB katta tezkor vakili tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1998 yil va 1990 yilda tug‘ilgan fuqarolar sodir etganligi aniqlanib, ulardan daliliy ashyo olingan.
Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan
O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech