Issiqxonadan temir panjara va kabel simlarini o‘g‘irlagan shaxs qo‘lga olindi.
Joriy yilning 25 fevral' kuni, Namangan shahrida yashovchi, 1998 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu yil 24 fevral' kunidan 25 fevral' kunigacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma'lum shaxs, Namangan tumanida joylashgan 1.5 gektarli xususiy bog‘idagi qurilishi tugallanmagan issiqxonaning umumiy narxi 5.500.000 so‘mlik 58 metr temir panjarasi va 90 metr elektr kabellarini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Namangan viloyati hududida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va IIVning 2021 yil 20 fevraldagi qo‘shma farmoyishiga asosan o‘tkazilayotgan “Zarbdor oyligi” va “Antiterror-Tozalash” tadbirlari davomida, Namangan tumani IIB JQB tezkor vakili va HPB TP profilaktika inspektorlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Namangan tumanida yashovchi, 1996 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati