12 Avgust 2023 yil 468

Issiqxona uchun ajratilgan kredit pullari g‘oyib bo‘ldi

2023-yil 8-avgust kuni Uchqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi TBda to‘plangan hujjatlarga ko‘ra Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi, shu yil 31-yanvar kuni JKning 167-moddasi 2-qismi va 228-moddasi 2-qismi bilan sudlangan, 1994-yilda tug‘ilgan ayol 2021-yil iyun oyida bir guruh shaxslar bilan oldindan til biriktirib, Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1992 yilda tug‘ilgan fuqaroning nomiga issiqxona qurish uchun kredit hujjatlarini rasmiylashtirib, o‘zi rahbarlik qilayotgan MCHJ hisob raqamiga 25.300.000 so‘m kredit mablag‘larini tushirib, issiqxona qurib bermay, pullarni naqdlashtirib, ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligi aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan JKning 167-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech