24 Fevral 2022 yil
446
Ishonchli tanish firibgar bo‘lib chiqdi
2022 yil 31 yanvar kuni, Namangan shahrida yashovchi, 1981 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, 2020 yil avgust oyida tanishi, Uychi tumanida yashovchi, 1981 yilda tug‘ilgan fuqaro uni ishonchiga kirib, firibgarlik yo‘li bilan umumiy narxi 263.810.000 so‘mlik 15110 kg. gurunch mahsulotlarini olib, pullarini 2022 yil yanvar oyida berishini aytib, gurunch mahsulotlarini boshqa shaxslarga sotib yuborib, pullarini hozirgi kunga qadar bermay kelayotganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2022 yil 20 fevral kuni O‘z.R JKning 168-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati