“iPhone-7”ni o‘g‘irlagan yigit ushlandi.
Shu yil 19 fevral' kuni, Namangan shahrida yashovchi, 1995 yilda tug‘ilgan fuqaro shahar IIO FMBga ariza bilan murojaat qilib, unda shu yil 19 fevral' kuni soat 18:00 larda savdo do‘koniga xaridor bo‘lib kirgan notanish shaxs, narxi 1.400.000 so‘mlik “iPhone-7” rusumli uyali telefon apparatini sotib olish niyatida ekanligini aytib, telefonni olib, savdo do‘konida xaridorlar ko‘payganligidan foydalanib, o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Mazkur holat yuzasidan Namangan shahar IIO FMB 3-sonli IIB JQB tezkor vakili va viloyat IIB PPXvaJTSB PPXB 2-otryad xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Namangan shahrida yashovchi, 2002 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati