7 Sentyabr 2021 yil 330

“Iphone-11PRO”ni o‘g‘irlagan shaxs qo‘lga tushdi.

2021 yil 6 sentyabr' kuni, Namangan tumanida yashovchi, 1999 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu kuni soat 07:00 larda noma'lum shaxs, o‘zi ishlovchi oshxonadagi muzlatkich ustiga qarovsiz qoldirgan narxi 680 AQSh dollarli “Iphone-11PRO” rusumli uyali telefon apparatini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Namangan tuman IIB TEQKB tezkor vakillari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Namangan tumanida yashovchi, 2020 yilda O‘z.R JKning 169-moddasi 3-qismi sudlangan, 1985 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha Namangan tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 6 sentyabr' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech