11 Noyabr 2023 yil 2316

Inspektor-psixologlar va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektorlari uchun kasbiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida o‘tkazilgan bir haftalik o‘quv yig‘ini yakunlandi

Avval xabar qilganimizdek, Namangan viloyati IIB JXX HPB inspektor-psixologlari va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektorlari uchun kasbiy bilim hamda ko‘nikmalarini oshirish maqsadida o‘quv yig‘ini tashkil etilgan edi.

Namangan viloyati Pop tumanida joylashgan Sharqiy harbiy okrug tasarrufidagi harbiy qismda o‘tkazilgan mashg‘ulotlar davomida inspektor-psixologlar yoshlar va voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyatchilikni oldini olish bo‘yicha yuksak bili va professional ko‘nikmalarini oshirdilar.

O‘quv yig‘ini yakunlari bo‘yicha xodimlardan test sinovi qabul qilinib, 175 nafar inspektor-psixologlar va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektorlariga Namangan viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari va huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i tomonidan sertifikatlar tantanali ravishda topshirildi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech