25 Mart 2022 yil 525

Inson qadri va ijtimoiy himoyasi 3-sektor e'tiborida.

Inson qadri! Ana shu tamoyil asosida ish olib borayotgan Namangan viloyati hamda uning hududlardagi 3-sektorlari tomonidan joylarda kam ta'minlangan, nogironligi bor, boquvchisini yo‘qotgan, ehtiyojmand va ishsiz oilalar o‘rganilib ularga doimiy tarzda moddiy va ma'naviy ko‘maklar berib kelinmoqda. Bu ishlarning amaliy natijasi esa fuqarolarning minnatdor nigohlaridan sezilmoqda.

Namangan shahar Davlatobod tumani “Mustaqilik” MFYda yashovchi 1962 yilda tug‘ilgan fuqaro A.Abduxaev ham ana shunday minnatdor fuqarolardan biri. U 2-guruh nogironi hisoblanadi. Unga shifokorlar tomonidan ikkala oyoq cho‘loqligi tashxisi qo‘yilgan. Tuman IIB boshlig‘i, 3-sektor rahbari tuman tibbiy xizmatlarni rivojlantirish bo‘limi bilan hamkorlikda ushbu fuqaroga elektron nogironlar aravachasi topshirildi. Endi fuqaro Abduxaev garchi yura olmasada elektron aravacha yordamida muammosiz va boshqalarning ko‘magisiz harakatlana oladi. Boisi mazkur aravachaning ortidan kimdir itarib yurishi shart emas, chunki undagi maxsus tugmachalar nogironligi bor shaxs uchun qulay qilib joylashtirilgan va tugmachalar orqali aravachini yurgizish, ortga qaytarish, chap va o‘ngga burish mumkin. 3-sektor tomonidan bu kabi xayrli ishlar davom ettirilmoqda.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech