22 Mart 2022 yil 465

Inespektorga pora taklif qilgan fuqaroga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

2022 yil 19 mart kuni, Namangan viloyati IIB YHXB 2-mintaqaviy hudud YPX inspektori O‘z.R IIV ShXBB Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i nomiga bildirgi bilan murojaat qilib, shu yil 19 mart kuni soat 11:00 larda, Uychi tumani A.Navoiy MFY hududida faoliyat olib borayotgan vaqtida, Damas rusumli avtomashinani to‘xtatilganida to‘xtash ishorasiga amal qilmay harakatni davom ettirganida, orqasidan borib to‘xtatilganida avtomashina boshqaruvida voyaga yetmagan 2004 yilda tug‘ilgan, kasb-xunar maktabi o‘quvchisi bo‘lganligi va avtomashina egasi, Uychi tumanida yashovchi, tumandagi kasb-xunar maktabida o‘qituvchi bo‘lib ishlovchi, 1983 yilda tug‘ilgan fuqaro kelib uning egnidagi shimining o‘ng cho‘ntagiga noma'lum miqdorda pul solganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Inspektorning bildirgisiga asosan, shu kuni O‘z.R IIV ShXBB Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi, Uychi tuman IIB va IJQKD tuman bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbir davomida, fuqaro inspektorga 300.000 so‘m pullarni pora tariqasida berganligi aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha IJQKD viloyat boshqarmasi tomonidan 2022 yil 19 mart kuni O‘z.R JKning 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech