15 May 2023 yil 531

Imtihon uchun 100 AQSH dollari soʻragan ayolga qonuniy chora koʻrildi

2023-yil 8-may kuni Pop tumanida yashovchi, 1979-yilda tugʻilgan ayol IIV SHXBB Namangan viloyati boʻyicha boshqarmasiga ariza bilan murojaat qilib, shu yil aprel oyida 2002-yilda tugʻilgan oʻgʻli haydovchilik guvohnomasini olish uchun Davlatobod tumanida joylashgan viloyat IIB YHXBga qarashli imtihon topshirish boʻlimiga kelgan vaqtida, YHXB avtoturargohida oʻzini “Dildora” deb tanishtirgan shaxs unga imtihondan oʻtishiga yordam berishligini aytib, 100 AQSH dollari miqdoridagi pullarni olganligini, lekin oʻgʻli imtihondan oʻta olmaganligini maʼlum qilib, ushbu shaxsga nisbatan qonuniy chora koʻrishni soʻragan.

Mazkur holat boʻyicha shu kuni soat 13:00 larda, IIV SHXBB Namangan viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkor tadbir oʻtkazildi. Tadbir davomida Namangan shahrida yashovchi, 1986-yilda tugʻilgan ayol Davlatobod tumani hududida joylashgan tamaddixonada arizachidan olingan hujjatlarni qaytarib berayotgan vaqtida ushlangan.

Ushbu holat yuzasidan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan JKning 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech