Ikki YTHda ham piyodalar vafot etdi.
Joriy yil 9 mart kuni soat 23:15 larda, Norin tuman Cho‘ja-Xaqqulobod yo‘lining 4 km.da 1996 yilda tug‘ilgan fuqaro Kobal't rusumli avtomashinasini tegishli hujjatlarsiz boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan.
Natijada, piyoda olgan tan jarohati oqibatida shifoxonada vafot etgan.
Ushbu holat bo‘yicha Norin tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 10 mart kuni O‘z.R JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
10 mart kuni soat 00:50 larda, Nanay-Yangiqo‘rg‘on yo‘lining 15 km.da, Madaniyat MFY hududida 2000 yilda tug‘ilgan fuqaro VAZ-2107 rusumli avtomashinasini ishonch qog‘ozi orqali boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan.
Natijada, piyoda olgan tan jarohati oqibatida shifoxonada vafot etgan.
Ushbu holat bo‘yicha Yangiqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 10 mart kuni O‘z.R JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati