Ikki haydovchining janjali jinoyat ishini qo‘zg‘atdi
Joriy yil 18 dekabr' kuni soat 17:00 larda, Namangan tumanida yashovchi, 1995 yilda tug‘ilgan fuqaro o‘ziga tegishli bo‘lgan ZIL-3554 rusumli yuk avtomashinasida Namangan tumani ichki ko‘chasida harakatlanib ketayotgan vaqtida, yo‘lning qatnov qismida, Namangan tumanida yashovchi, 1975 yilda tug‘ilgan fuqaro mast holda ishonch qog‘ozi bilan boshqaruvida bo‘lgan Neksiya rusumli avtomashina to‘xtab turganligini ko‘rib, undan avtomashinasini yo‘l chetiga olib turishini hamda o‘tib ketishini aytgan vaqtida, fuqaro mast holatda unga birozdan so‘ng harakatlanishini aytib, avtomashinasida Namangan-Andijon yo‘lining Namangan tumani mahallasi hududidan o‘tgan qismida ketayotgan vaqtida, fuqaroni boshqaruvidagi yuk avtomashinasini yo‘lini qisib uni chetga olishini aytib, u bilan o‘zaro janjallashib turgan vaqtida, yuk avtomashina haydovchisi qo‘li bilan mast haydovchini yuz qismiga bir marotaba urib, tan jarohati yetkazganligi hamda fuqaro ZIL-3554 rusumli yuk avtomashinasida fuqaroning chap qo‘lini baloni bilan bosib o‘tib ketgan.
Natijada, fuqaro ensa suyagini asosga o‘tib sinishi, bosh miyani og‘ir darajadagi lat yeyishi, qon quyilishi, chap tirsak suyagini yopiq sinishi, bosh ensa sohasi va chap bilak sohalari yumshoq to‘qimalarini lat yeyishi, bosh miya shishi tashxisi bilan og‘ir tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 18 dekabr' kuni O‘z.R JKning 104-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, fuqaro O‘z.R JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati