15 Yanvar 2021 yil
468
Ikki “Damas” to‘qnashuvi oqibatida haydovchilardan biri vafot etdi.
Joriy yil 14 yanvar' kuni soat 13:00 larda Namangan tumani Namangan-Sho‘rqo‘rg‘on-Tepaqo‘rg‘on yo‘lining 16 km.da Damas rusumli avtomashinani boshqarib ketayotgan haydovchi harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, qarama-qarshi yo‘nalishga o‘tib ketib, qarshisidan harakatlanib kelayotgan yana bir Damas rusumli avtomashina bilan to‘qnashuv sodir etgan.
Natijada, haydovchilardan biri tan jarohati olib, tuman markaziy shifoxonasida vafot etgan. Ikkinchisi esa bosh miya yopiq shikasti tashxisi bilan RShTYoIM Namangan filialiga yotqizilgan.
Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati