16 Aprel 2022 yil 335

Ikki avtomashinaga shikast yetkazgan haydovchining o‘zi ham jarohat oldi.

2022 yil 10 aprel kuni soat 09:00 larda, Chorsu MFY Uychi ko‘chasida, 1994 yilda tug‘ilgan fuqaro Neksiya-3 rusumli avtomashinani boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini taʼminlay olmay, 1995 yilda tug‘ilgan fuqaro boshqaruvida bo‘lgan Damas rusumli avtoshinasiga borib urilib, boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetida to‘xtab turgan Isuzi rusumli avtobusni orqa tomoniga urilgan.

Natijada, Damas rusumli avtomashina haydovchisi chap son suyagini sinishi tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Ushbu holat bo‘yicha shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2022 yil 15 aprel kuni O‘z.R JKning 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech