11 Avgust 2021 yil 346

Ikki avtomashina to‘qnashuvidan piyoda jabr ko‘rdi.

2021 yil 31 iyul' kuni soat 07:30 larda, Yangiqo‘rg‘on-Namangan yo‘lining 17 km.da, Rovut MFY hududida, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1996 yilda tug‘ilgan fuqaro Damas rusumli avtomashinasini boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, o‘zidan oldinda harakatlanib ketayotgan, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1993 yilda tug‘ilgan fuqaro boshqaruvida bo‘lgan M-412 rusumli avtomashina bilan to‘qnashuv sodir etib, yo‘l chetida ketayotgan piyoda, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1971 yilda tug‘ilgan fuqaroni avtomashinaning old qismi bilan urib yuborgan.

Natijada, piyoda chap yelka suyagini yopiq sinishi tashhisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Ushbu holat bo‘yicha Yangiqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 10 avgust kuni O‘z.R JKning 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech