2 Dekabr 2020 yil 453

Ikki avtomashina to‘qnashuvida piyoda jabrlandi.

2020 yil 8 noyabr' kuni soat 14:30 larda, Uychi tumani Jiydakapa MFY Qiziloy ko‘chasida, Uychi tumanida yashovchi, 1999 yilda tug‘ilgan fuqaro Andijon viloyatida yashovchi fuqaroga tegishli bo‘lgan M-412 rusumli avtomashinani ishonch qog‘ozi orqali boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan, Uychi tumanida yashovchi, 1984 yilda tug‘ilgan fuqaroni boshqaruvidagi  Lasseti rusumli avtomashinasiga urilganida Lasetti rusumli avtomashina boshqaruvni yo‘qotib yo‘l chetida turgan piyoda, Uychi tumanida yashovchi, 1999 yilda tug‘ilgan ayolni urib yuborgan.

Natijada, piyoda ko‘krak qafasini yopiq shikasti, qovurg‘a suyagini yopiq sinishi va umrov suyagini akrominal qismi chiqishi tashxisi bilan tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Ushbu holat bo‘yicha Uychi tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 1 dekabr' kuni O‘z.R JKning 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi Qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech