Ikki avatomashina ishtirokida YTX sodir bo‘ldi.
2020 yil 2 sentyabr' kuni soat 18:00 larda, Namangan shahar Nurobod MFY Nurobod ko‘chasida, Namangan shahrida yashovchi, 1991 yilda tug‘ilgan fuqaro Kobalt rusumli avtomashinasini boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan, Namangan shahrida yashovchi, 1996 yilda tug‘ilgan fuqaroni boshqaruvidagi Damas rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashgan.
Natijada, Damas rusumli avtomashinada bo‘lgan yo‘lovchi bosh miya yopiq shikasti tashxisi bilan tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 11 sentyabr' kuni O‘zbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati