15 Noyabr 2021 yil 1086

Ijtimoiy tarmoqlarda “Yuksalish, Ptisa fabrikadagi tunda soat 03:35 atroflarida yonib ketgani aytilayotgan mashina rusumi Malibu 2 bo‘lgan ekan. Aytishlaricha, mashinani qasddan bir yigit oynasini sindirib, ichini yoqib yuborgan" izohi bilan tarqalgan videomurojaat yuzasidan Namangan viloyati IIBning rasmiy ma'lumoti.

2021 yil 13 noyabr' kuni soat 4:00larda Namangan viloyati IIB 102-xizmatiga kelib tushgan xabarga ko‘ra, Namangan shaxar Davlatobod tumanida yashovchi 1989 yilda tug‘ilgan ayolga tegishli “Malibu-2” rusumli avtomashinasini yashash uyi oldiga qo‘ygan vaqtida soat 04:00lar chamasida avtomashinasidan yong‘in chiqib zararlangan.

Mazkur xolat yuzasidan olib borilgan tezkor surushtiruv tadbirlari davomida ayol bilan 2021 yil mart oylaridan buyon tanishi bo'lgan Namangan shahrida yashovchi fuqaro bilan o‘rtalarida bo‘lib o‘tgan kelishmovchiliklar sababli fuqaro mast xolatda 2021 yil 13 noyabr' kuni soat 03:00larda o‘zi bilan 10 litr xajimdagi yelim idishda  benzin olib kelib, ayolga tegishli “Malibu-2” rusumli avtomashinasini xaydovchi tomon oynasini tosh bilan sindirib qo‘lida bo‘lgan yelim idishdagi benzinni avtomashina salonini ichiga sepib yonida bo‘lgan gugurt bilan o‘t yoqib yubrganligi aniqlangan.

Xozirda mazkur xolat yuzasidan Davlatobod tumani IIB huzuridagi TB tomonidan tergovga qadar tekshiruv xarakatlari olib borilmoqda.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech