Ijtimoiy tarmoqlarda “Uychi tumani meroda nima bo‘lyapti? Yozilgan yozuvga umuman e'tibor bermaymiz” nomli murojaat yuzasidan Namangan viloyati IIBning rasmiy munosabati.
Xaydovchilik guvoxnomasini almashtirish sanasi mart oyining oxirigacha etib belgilanganligi xaqidagi xabarlar sababli fuqarolar murojaati ortib bormoqda. Kunlik murojaat etib kelgan fuqarolarning xaydovchilik guvoxnomasini berilgan kuniga qarab, qo‘shimcha tarzda Namangan viloyati IIB YHXB tomonidan almashtirish muddatlari haqida tushunchalar berib borilmoqda. Bundan tashqari murojaat etuvchilarni sonini kamaytrish maqsadida qabul vaqti soat 07:30dan 20:00 gacha hamda tushlik vaqtida ham qabul davom etmoqda.
Namangan viloyati IIB YHXB 2-tumanlararo ro‘yxatdan o‘tkazish va imtixon olish bo‘lim xodimlari tomonidan fuqarolarni qabul qilish jarayonida karantin qoidalariga amal qilmay navbat kutib qolganligi bo‘yicha tishuntirish ishlari olib borilib karantin qoidalariga amal qilgan holda oraliq masofani saqlab murojaat qilishlari bo‘yicha tushuntirildi va fuqarolarga oxirgi murojaatchini ishini hal qilmaguncha yopilmasligi takidlandi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati