26 Dekabr 2020 yil 870

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videotasvirlarga rasmiy munosabat.

Joriy yilning 25 dekabr' kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Namangan viloyati, Pop shahar, Markaziy bozori oldida Ichki ishlar xodimlari non sotayotganlarni xaydab solmoqda” izohi bilan tarqalgan videotasvir yuzasidan Namangan viloyati IIBning rasmiy munosabati.

Joriy yil 23 dekabr' kuni ushbu hududga tuman IIBdan 15 nafar, viloyat IIB PPXvaJTSB PPXBdan 10 nafar, viloyat Milliy gvardiya boshqarmasidan 10 nafar, shuningdek tuman DSI xodimlaridan naryadlar ajratilgan bo‘lib, ushbu kuni xizmatga jalb etilgan DSI xodimlari tomonidan tugatilgan eski “Dexqon bozori” hududida noqonuniy faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar karantin va savdo qoidalariga amal qilishlari yuzasidan ogohlantirilganda Pop tumanida yashovchi 1991 yilda tug‘ilgan fuqaro N.K. hamda turmush o‘rtog‘i 1992 yilda tug‘ilgan S.T.lar belgilanmagan jamoat joyida qo‘lda yetalab yuradigan aravaga non mahsulotlarini solib sotayotgan vaqtida tuman DSI xodimlari tomonidan ogohlantirilgan vaqtda ular hududga xizmatga jalb etilgan xodimlarga faol qarshilik ko‘rsatib, xodimlarni turli so‘zlar bilan haqorat qilishgan. Shundan so‘ng ushbu fuqarolardan sodir bo‘layotgan huquqbuzarlik holatini to‘xtatish so‘ralganda, ular IIO xodimlarining qonuniy talablarini bajarmay, tuman IIB binosiga kelishdan bosh tortishgan. So‘ng fuqarolar N.K. va S.T.larning sodir etgan huquqbuzarliklari yuzasidan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Videotasvirni tarqatgan shaxslar vaziyat to‘la holda tasvirga olinmagani bois ko‘plab tarmoq foydalanuvchilari orasida o‘z vazifasini bajarayotgan xodimlarga nisbatan salbiy fikrlar bildirilmoqda. Shu o‘rinda ayrim fuqarolardan tanganing ikkinchi tomonini ko‘rmay turib xulosa qilishga shoshilmasliklarini so‘rab qolamiz.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech