Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolar yuzasidan Namangan viloyati IIBning rasmiy munosabati
2021 yilning 31 dekabr' kuni “Yangi yil archasi” bayram tadbirlari munosabati bilan Namangan shahrining “Afsonalar vodiysi” istiroxat bog‘iga Namangan viloyatining markaziy archasi o‘rnatilgan bo‘lib, Namangan shahriga viloyatning barcha tumanlaridan 1000 nafarga yaqin fuqarolar Istiroxat bog‘iga tashrif buyuurib, archa atrofida to‘planishgan.
Namangan shahrining “Afsonalar vodiysi” istiroxat bog‘iga jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini ta'minlash maqsadida VIIB JQB, TEQKB, HPB, PPXva JTSB, Kinologiya xizmati, Namangan shahar IIO FMB 1-sonli IIB xamda Milliy gvardiyadan jami 253 nafar xodimlar xizmatga jalb qilingan.
Jamoat tartibini saqlashga jalb qilingan HMQO xodimlari tomonidan fuqarolar tarqatilayotgan xolat internet tarmoqlarida namoyish qilingan.
2021 yilning 31 dekabr' kuni vvloyat hududida norozilik chiqishlari va namoyishlar hamda ko‘ngilsiz xolatlar sodir etilmagan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati