24 Oktyabr 2021 yil 377

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Namanganda Uchqo‘rg‘on va Norin 2-liga o‘yinida Uchqo‘rg‘onliklar Norinliklarni kaltaklagani aytilmoqda” nomli video yuzasidan Namangan viloyati IIBning rasmiy ma'lumoti

2021 yil 22 oktyabr' kuni soat 15:00 larda Uchqo‘rg‘on shahar markazidagi Paxtakor stadionida Norin va Uchqo‘rg‘on tumanlarining 2-liga futbol jamoalari o‘rtasidagi futbol o‘yiniga, Uchqo‘rg‘on tuman IIB JTSG va profilaktika inspektorlari futbol tadbiri davomida jamoat tartibini saqlash uchun 5 nafar IIB xodimlari jalb qilingan.

Norin va Uchqo‘rg‘on tumanlari 2-liga futbol jamoasi o‘rtasidagi futbol o‘yinining 2-bo‘limi yakunida Norin va Uchqo‘rg‘on tumanlari futbol jamoasi o‘yinchilari o‘rtasida Uchqo‘rg‘on futbol terma jamoasi o‘yinchisi Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi 1997 yilda tug‘ilgan fuqaro o‘ng tirsagi bilan Norin tuman futbol terma jamoasi o‘yinchisi Norin tumanida yashovchi 1994 yilda tug‘ilgan fuqaroni yuz qismiga urib yuborib, tan jaroxati yetkazgan. Ushbu xolat bo‘yicha o‘yin xakami tomonidan qizil kartochka berib o‘yindan chetlatilgan.

O‘yingoxga biriktirilgan xodimlar tomonidan janjal o‘rnida bartaraf etilib, tortishuv kattalashishiga yo‘l qo‘yilmagan.

Fuqaro olgan tan jaroxati bo‘yicha Uchqo‘rg‘on tuman kasalxonasiga tibbiy yordam ko‘rsatish uchun uchragan, 2021 yil 22 oktyabr' kuni Uchqo‘rg‘on tuman IIBning kitobiga qayd etilib, fuqaro olgan tan jaroxati bo‘yicha Uchqo‘rg‘on tuman IIB xuzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi 1997 yilda tug‘ilgan fuqaroga nisbatan O‘z.Res.JKning 277-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech