Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Namangan jamoatchilik nazorati” guruhida fuqaro Q.Asqarovning “Adham Djamaldinov ishni to‘xtatmayapdi, jinoyatni oldini oladigan tashkilot yo‘q” rukni ostidagi videomurojaat yuzasidan Namangan viloyati IIBning rasmiy ma'lumoti.
Haqiqatdan ham, 28.08.2021 yilda Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan fuqaro Djamoldinov Adxam va Maxmudov Ergashlarga nisbatan JKning 168-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Jinoyat ishi qo‘zg‘atilishiga – fuqaro Asqarov Qambarning unga tegishli fermer xo‘jaligi binosi Adham Djamoldinov buzib tashlab, fuqarolar va hokimiyat vakillarini aldab, yer maydonini uy-joy qurish uchun sotib yuborgani haqidagi murojaatlari hamda ushbu murojaatlarni tergov yo‘llari bilan tekshirish shartligi to‘g‘risidagi holatlar sabab bo‘lgan.
Fuqaro Asqarov Qambarning murojaatlarida keltirilgan vajlarga ko‘ra, fuqaro Djamoldinov Adxam 2017 yilning kuz oylarida Qutbiddinov Zuxriddinni nomida bo‘lgan Namangan shahri, “Mehnatobod” MFY, 1a-berk ko‘cha, 11-uyni Qorabaev Xamidulloga 11.000 AQSh dollariga sotgan.
Bundan tashqari, Namangan shahrida yashovchi Maxmudov Ergash 2018 yil kuz oylarida o‘zini nomida bo‘lgan Namangan shahri, “Mexnatobod” MFY, 1a-berk, “Balandariq” qo‘chasida joylashgan 10-uyni Nazarov Muzaffarga 300 mln. so‘mga sotib yuborgan.
Fuqaro Adxam Djamoliddinov va Ergash Maxmudovlar JKning 168-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinib, ular bilan tergov harakatlari o‘tkazilganida, ular Asqarov Qambar o‘zining ariza va video-murojaatlarida ushbu fermani noqonuniy ravishda fuqarolarga yer uchastka sifatida sotib yuborganligi to‘g‘risida asossiz vaj keltirayotganligini bayon qilishgan.
Tergovda to‘plangan hujjatlar, xususan guvohlarning ko‘rsatuvlari, hokimlikdan olingan qarorlari va boshqa dalillarga ko‘ra, Qambar Asqarov 19.06.2013 yilda OATB “Qishloq qurilishbank” Namangan filialidan qora mol olish uchun 250 mln. so‘m miqdorida kredit olib, garov ta'minotiga ukasi “Mirob” fermer ho‘jaliligiga tegishli molxona binosini qo‘ygan.
Kredit to‘lanmaganligi va maqsadsiz bo‘lgani sababli, fuqarolik ishlari bo‘yicha Namangan tumanlararo sudining 09.09.2014 yilgi hal qiluv qarori bilan 19.06.2013 yilda bank bilan tuzilgan shartnoma bekor qilinib, garov ob'ekti (molxona) zararni qoplash uchun bank balansiga o‘tkazilgan.
Shu bilan birga, mazkur kreditdan maqsadsiz foydalanilganlik holati bo‘yicha Qambar Asqarov 19.08.2015 yilda Jinoyat ishlari bo‘yicha bo‘yicha Chust tuman sudining hukmi bilan aybli deb topilgan.
Fuqaro Adxam Djamoliddinov 19.09.2016 yilda molxonani bank bilan tuzilgan oldi-sotdi shartnomasi asosida 233,2 mln. so‘mga sotib olgan.
Mazkur molxona faoliyat ko‘rsatishi bo‘yicha mahalliy aholi vakillaridan tushgan e'tirozlar sababli, molxona binosi shahar hokimining 27.09.2016 yilgi qarori bilan hokimlik zaxirasiga olinib, 14 nafar fuqarolarga yakka tartibda uy-joy qurish uchun ajratib berilgan.
Ushbu 14 nafar fuqarolar orasida Adxam Djamoliddinov o‘zi va singlisiga 2 ta yer uchastka, Ergash Maxmudov esa o‘ziga bir dona yer uchastkasini qaror bilan olgan.
Tergov harakatlarida, gumon qilinuvchilar o‘zlariga tegishli yer uchastkalari boshqa fuqarolarga u yerga bino-inshoot qurib, turar joy sifatida sotganliklari aniqlandi.
Shu bilan birga, Adham Djamoliddinov fuqaro Qutbiddinov Zuxriddinni nomida bo‘lgan Namangan shahri, “Mehnatobod” MFY,
1a-berk ko‘cha, 11-uyni Qorabaev Xamidulloga 11.000 AQSh dollariga sotganlik holati tergov yo‘llari bilan o‘rganilmoqda.
Yer uchastkasi mulkdori hisoblangan Qutbiddinov Zuxriddin hozirda Avstraliya davlatida yollanma ishchi sifatida ishlayotgani hamda uni ishga jalb etish imkoni bo‘lmagani sababli, gumondor Adham Djamoliddinov o‘z ko‘rsatuvlarida uning nomidagi uchastka ham amalda o‘ziga tegishli ekanligini, shu sababli yer uchastkasiga bino qurib sotganligini“ bayon qilgan.
Hozirda, jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati