Ijtimoiy tarmoqlarda Norin tumani Bo‘zo‘lmas mahallasida yashovchi 1988 yilda tug‘ilgan Sanobar Haydarovaning murojaati yuzasidan Namangan viloyati IIBning rasmiy munosabati.
Norin tumani Bo‘zo‘lmas mahallasida yashovchi 1988 yilda tug‘ilgan Sanobar Haydarova 2021 yil 12 avgust kuni qo‘shnisi Shohida Abdullaeva bilan o‘zaro janjallashib qolganligi, qo‘shnisi Shohida unga tan jarohati yetkazgani uchun tuman IIB ga murojaat qilib, profilaktika inspektori Muhammadali Madaminov tomonidan ko‘rilgan choradan noroziligini aytib, murojaat qilgan. Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan S.Haydarovaning murojaati o‘rganib chiqildi.
Haqiqatan ham Sanobar Haydarova qo‘shnisi Shohida urib, tan jarohati yetkazganligini 102 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib ma'lum qilgan. 2021 yil 13 avgust kuni ushbu holat yuzasidan Norin tuman IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilib, Sh.Abdullaevaga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan. Fuqaro S.Haydarovaning murojaati Norin tuman IIB navbatchilik qismi tomonidan ro‘yxatga olinib, tuman IIB HPB profilaktika inspektori, leytenant Muhammadali Madaminov tomonidan surishtiruv ishlari olib borilgan.
2021 yil 12 avgust kungi holat bo‘yicha fuqaro Sh.Abdullaevaning xatti-harakatlarida O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 183-moddasi, 45-moddasi va 52-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan huquqbuzarlik alomatlari mavjudligi sababli unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 52-moddasi 2-qismi, 183-moddasi va 45-moddalariga asosan to‘plangan hujjatlarni qonuniy hal etishlik uchun jinoyat ishlari bo‘yicha Norin tuman sudiga yuborilgan, hozirda sud jarayoni davom etmoqda.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati