Ijtimoiy tarmoqlarda “Namanganlik ayolning spark mashinasini firibgarlik bilan olib qo‘yishdi” izohi bilan tarqalgan video yuzasidan Namangan viloyati IIBning rasmiy ma'lumoti.
To‘plangan tergovga qadar tekshiruv hujjatlariga ko‘ra, Namangan shahrida yashovchi fuqaro F.L. Davlatobod tumani IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilib, unda o‘ziga tegishli bo‘lgan “Spark” rusumli avtomashinasini “Abror” ismli tanishiga 5.500 AQSh dollariga sotganligini, “Abror” unga 3.000 AQSh dollari miqdoridagi pullarni berib, qolgan 2.500 AQSh dollari miqdoridagi pullarni bermayotganligini bayon qilib, undan ushbu pullarni undirishda amaliy yordam berishni so‘ragan.
Mazkur holat yuzasidan Namangan shahar bo‘yicha IIO FMB Davlatobod tuman IIB surishtiruv guruhi surishtiruvchisi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borishga kirishilgan.
Tergovga qadar tekshiruv davomida, fuqarolar I.R., A.E., A.X., J.G., M.A. va F.L.lardan tushuntirish xatlari olinib, ishga aloqador tilxat va boshqa dalillar to‘planib, ish hujjatlariga qo‘shilgan.
2021 yil 16 avgustda mazkur holat yuzasidan Namangan shahar bo‘yicha IIO FMB Davlatobod tuman IIB surishtiruv guruhi surishtiruvchisi tomonidan fuqarolar A.X. va L.F.lar o‘rtasidagi nizo fuqarolik tartibida hal etilishi lozimligini inobatga olgan holda, A.X.ga nisbatan JPKning 83-moddasi 2-bandiga asosan jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad etish haqida qaror qabul qilingan.
Mazkur qaror Davlatobod tuman prokuraturasi tomonidan nazorat tartibida o‘rganib chiqilib, natijasiga ko‘ra 2021 yil 5 oktyabr' kuni jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad etish haqidagi qaror bekor qilinib, qo‘shimcha tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borish uchun Namangan shahar bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limiga yuborilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan qo‘shimcha tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda va yakuni bo‘yicha barcha prosess ishrokchilarining harakatlariga huquqiy baho beriladi.
Murojaatda xodimlarga nisbatan ko‘rsatilgan holatlar yuzasidan boshqarma rahbariyati tomonidan xizmat tekshiruvi tayinlandi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati