17 Fevral 2022 yil 606

Ijtimoiy tarmoqlarda “Namangandagi ba'zi IIO xodimlari qachon xalq uchun xizmat qilishni boshlaysiz?” izohi bilan tarqalgan videoxabar yuzasidan Namangan viloyati IIBning rasmiy munosabati

Joriy yilning 12 fevral kuni Chust tumanida yashovchi noma'lum shaxs Namangan viloyati IIB YHXB 3-tumanlararo YHXG ma'muriy binosiga kelib binoda xizmat olib borayotgan Uchqo‘rg‘on tumani IIB YHXG, DYHXX katta inspektoridan shu yilning 9 fevral kuni Chust tumanida yashovchi 1982 yilda tug‘ilgan fuqaro boshqargan “Laсetti” rusumli avtomashinasini noqonuniy ravishda ushlab turganligini aytib, ushbu avtomashinani jarima maydonidan chiqarib berishni talab qilgan va holatni videotasvirga tushurgan.

Olib borilgan tekshiruvlar davomida haydovchi S.J. mazkur transport vositasining 4ta oynalarini tusini tegishli ruxsatnomasiz o‘zgartirib, boshqarib yurganligi uchun ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, Chust tumanidagi jarimalar maydoniga joylashtirilganligi aniqlandi.

Bundan tashqari, joriy yilning 4 fevral kuni Toshkent shahar, Olmazor tumanida joylashgan “Muborak Lola Shirinliklari” MChJ rahbariyati O‘zbekiston Respublikasi IIV JXD YHXXga aloqa xati bilan murojaat qilib, unda ushbu avtomashina ishonchnoma orqali  fuqaro S.J.ga berilganligi va hozirda ishonchnoma muddati tugaganligi sababli S.J.dan avtomashinani qaytarib olishda amaliy yordam so‘raganligi ma'lum bo‘ldi.

Shu o‘rinda ijtimoiy tarmoqda faoliyat yuritadigan kanal hamda sahifalarning adminstratorlarini vaziyatga xolisona baho berishga va axborotga bir taraflama yondashmaslikka chaqirib qolamiz. Zero, IIO xodimlari doimo xalq uchun xizmat qiladi.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech