12 Aprel 2021 yil 980

Ijtimoiy tarmoqlarda “NAMANGANDA GAI VA HAYDOVChI O‘RTASIDA TORTIShUV” izohi bilan tarqalgan videolavha yuzasidan rasmiy ma'lumot

Joriy yil 18 mart kuni Reja-taqsimot asosida Namangan shahar A.Temur va A.Navoiy ko‘chasi kesishmasi aylanma harakatida YPXB 3-safarbarlik guruhi YPX inspektori xizmat olib borayotgan vaqtida 50 Z 709 PA Spark rusumli avtomashinasi Namangan shahar A.Temur va A.Navoiy ko‘chasi kesishmasi aylanma harakatida soat 10:45 chamasida Tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyida 2 va ortiq piyodalarga yo‘l bermaganligi uchun, Yo‘l harakati qoidalarini 109-bandini ya'ni "Piyodalar o‘tish joylarida piyodalarga yo‘l berish" qoidasini buzganligi uchun to‘xtatib tekshirilganda haydovchi xujjatlarini taqdim qilmagan. Shundan so‘ng YPX insektori qoidabuzarligini tushuntirganda, haydovchi dislokatsiyani ko‘rsatishini talab qilgan va inspektor tomonidan dislokatsiya qog‘ozi ko‘rsatilgan. Haydovchi piyodalarga yo‘l bermaganligini tan olmasdan, YPX inspektoriga “Menda shaxsiy adovatingiz bordir, shuning uchun to‘htatgandirsiz” degan gaplarni gapirib, inspektordan qoidabuzarligini isbotlab berishini so‘ragan, 2018 yil 1 dekaber' kunidagi 975-sonli Qaroriga asosan vizual kuzatuvi orqali aniqlanganligi ya'ni ko‘z bilan ko‘rganligi tushuntirigan vaqtida, “menga bodi kameradan ko‘rsatib bering” deb, talab qilgan, YPX inspektori videoyozuvni ko‘rish uchun Boshqarma raxbariyatiga murojaat qilishi mumkinligini tushuntirishiga qaramay haydovchi transport vositasiga tegishli xujjatlarini taqdim qilmagan. Shundan so‘ng inpektor, “Xujjatlaringizni menga taqdim qilmay qo‘lingizda ko‘rsatib turing” deb, haydovchiga nisbatan vizual kuzatuvda aniqlangan qoidabuzarligi bo‘yicha ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirgan. Haydovchi esa ushbu holatni ijtimoiy tarmoqlarga tarqatib yuborgan.
Viloyat YHXB kadrlar bo‘limi tomonidan barcha inspektorlarga kelgusida fuqarolar bilan ziddiyatlarni keltirib chiqarmasligi, xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ymasligi borasida tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Namangan viloyati IIB YHXB Axborot xizmati

Text to speech