17 Oktyabr 2021 yil 1219

Ijtimoiy tarmoqlarda “Namanganda eshak go‘shtini so‘yganlar ushlandi, balki sotuvga chiqib ketgan bo‘lishi ham mumkin” izohi bilan tarqalgan video yuzasidan Namangan viloyati IIBning rasmiy ma'lumoti.

2021 yil 16 oktyabr' kuni Namangan viloyati IIB 102 qisqa raqamiga kelib tushgan Namangan shahar, Boburshox MFY, Boburshox ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uy oldidagi chiqindi tashlash joyiga M-412 rusumli avtomashina xaydovchisi tomonidan eshshak xayvonining ichki a'zolarini tashlab ketayotganligi to‘g‘risidagi xabarga asosan tergovga qadar tekshiruv ishlarida quyidagilar aniqlandi.

1985 yilda Uychi tumanida tug‘ilgan fuqaro o‘z tushuntirish xatida 2021 yil 16 oktyabr' kuni so‘yilgan eshshak go‘shtidan chiqgan chiqindilarini 1980 yilda Uychi tumanida tug‘ilgan akasini yashash xonadonidan olib, ushbu chiqindixonaga tashlab ketganligini ma'lum qilgan. Mazkur shaxsning akasi o‘z tushuntirish xatida 2021 yil 16 oktyabr' kuni Namangan viloyati, Yangiqo‘rg‘on tumanida joylashgan xayvon bozoridan 3 bosh eshshak xayvonini 580.000 so‘mga sotib olib, yashash xonadoniga olib kelib, ushbu eshshaklarni bir o‘zi so‘ygan. Go‘sht maxsulotlarini Namangan shahrida yashovchi tanishi 1948 yilda tug‘ilgan fuqaroga sotgan. Eshshak go‘shtining ichki a'zolarini esa ukasiga tashlab kelishini aytganligini ma'lum qilgan.

Eshshak go‘shtini sotib olgan fuqaro o‘z tushuntirish xatida Namangan shahrida joylashgan xayvonot bog‘ida “ekspeditor” lavozimida ishlab kelishini, u xayvonlarga kunlik oziq-ovqat maxsulotlarini sotib olish bilan shug‘ullanishini ma'lum qilgan. 2021 yil 16 oktyabr' kuni tanishidan 600.000 so‘mga go‘sht maxsulotlarini sotib olgan va ushbu go‘sht maxsulotlarini xayvonot bog‘idagi xayvonlarga berishini bayon qilgan.  

Mazkur xolat bo‘yicha xozirda Namangan shahar IIO FMB tomonidan tekshiruv xarakatlari davom ettirilmoqda.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech