Ijtimoiy tarmoqlarda “Namanganda 2019 yillarda yozilgan jarimalar nega mahalla nozirlari orqali to‘latish boshlandi? Aybdorlar kim fuqarolarga jarima haqida ma'lumotlar kelmaganiga?” izohi bilan tarqalgan xabar yuzasidan Namangan viloyati IIBning rasmiy munosabati.
O‘zbekiston Respublikasi ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 171-moddasiga asosan maxsus avtomatlashrilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali yo‘l harakati qoidalari buzilganligi qayd etilgan taqdirda, ma'muriy javobgarlikka transport vositasining mulkdori tortiladi. Fuqaro V.A.ning transport vositasini ishonchnoma orqali boshqarganligi, unga nisbatan rasmiylashtirilgan jarima solish to‘g‘risidagi qaror nusxasi transport vositasining mulkdoriga yuborilganligini, lekin shu kunga qadar to‘lanmaganligi aks etgan. Viloyat hududida to‘lanmagan jarimalarning ortishi natijasida profilaktika inspektorlari bilan hamkorlikda mahallabay undirish chora tadbirlari amalga oshirilmoqda.
Xurmatli fuqarolar, belgilangan jarimani vaqtida to‘lang va yo‘llardan harakatlangan vaqtda belgilangan tartib-qoidalarga qat'iy rioya qiling. Bu orqali nafaqat jarima jazosidan saqlanib qolasiz, balki sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan avtohalokatlarga sababchi bo‘lib qolishdan ham o‘zingizni asragan bo‘lasiz.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati