20 Sentyabr 2021 yil 929

Ijtimoiy tarmoqlarda "Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi ayol o‘g‘li Qozog‘istonga ketib, yo‘qolib qolgani yuzasidan murojaat yo‘llagan. IIBga murojaat qilingan, ammo ular yordam bermaganini aytgan." izohi bilan tarqalgan videoxabar yuzasidan Namangan viloyati IIBning rasmiy munosabati.

Ushbu murojaat tuman IIB xodimlariga kelib tushganidan so‘ng tezkor xodimlar tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilgan.

Surishtiruvlar davomida Shermatov Xabibullo Ortig‘alievich yashash uyidagi oila a'zolari bilan aloqaga chiqmasada, To‘raqo‘rg‘on tumani Birlashgan MFYda yashovchi bojasi Mamadaliev Murodjon Sobirjonovich bilan internetda “Odnoklassniki” ijtimoiy tarmog‘i orqali aloqaga chiqib turgani, X.Shermatov bojasiga Qozog‘istondagi ishlarini bitirib olgach, 2-3 oyda yashash uyiga qaytishini ma'lum qilgani aniqlandi. Shuningdek, X.Shermatov Qozog‘iston Respublikasiga o‘z xoxishi bilan ishlash maqsadida ketganligi, uni hech kim majburlamaganligi, odam savdosi qurboni bo‘lmaganligi, ushbu holatda jinoyat huquqbuzarlik alomatlari aniqlanmaganligi sababli murojaat xulosa bilan yakunlangan.

Ariza muallifi O.Shermatovga murojaat ko‘rib chiqilganligi to‘g‘risida suhbat varaqasi to‘ldirilgan, yashash manziliga pochta orqali xabarnoma yuborilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech